Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan.
MyGov mobil ilovasi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.
Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma.
Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang.
MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.
Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.
Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.
To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz.
MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.
Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.
Oxirgi yangilanish
31-yan, 2025
Asbob va vositalar
Maʼlumotlar xavfsizligi
arrow_forward
Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushunishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Tashqi hamkorlarga hech qanday axborot ulashilmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot ulashilishini qanday aytishi haqida batafsil
Hech qanday maʼlumot jamlanmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot jamlanishini qanday aytishi haqida batafsil
Tafsilotlar
Reytinglar va sharhlar
phone_androidTelefon
tablet_androidPlanshet
4,7
163 ming ta sharh
5
4
3
2
1
Rahmatullo Shokirjonov
Nomaqbul deb belgilash
3-fevral, 2025
ilovaga kirganimda "endi xizmatlar sizning qoʻlingizda" deb turib, birorta xizmatdan foydalanishni bossam yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (oneid) orqali xizmatdan foydalaning deyapti, oʻzi oneid orqali kirganman, nega bunaqa boʻldi
1 kishi bu sharhni foydali deb topgan
UZINFOCOM
4-fevral, 2025
Здравствуйте уважаемый гражданин произошли сбои в системе one id попробуйте еще раз
Naimjon Moʻminov
Nomaqbul deb belgilash
1-fevral, 2025
Elektron imzo olaman degan saytga kiring deydi (bu ilova nimaga kerak) saytdan shaxsiy kabinetga kirib boʻlmaydi ahmoqgarchilik......
1 kishi bu sharhni foydali deb topgan
UZINFOCOM
3-fevral, 2025
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ONE ID dan ma’lumotlaringizni yangilab qayta urinib koring
Boburbek Obidov
Nomaqbul deb belgilash
Sharh tarixini ochish
5-fevral, 2025
Arizangiz rad etilgandan soʻng 6 oydan soʻng qayta topshirish mumkin diyapti men hali ariza topshirganim yoqku nega bunday boʻladi?
UZINFOCOM
4-fevral, 2025
Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro bolla pulliga ariza berish yana faol qayta urinib koring
Nima yangiliklar
-ID karta, haydovchilik guvohnomasi va xorijga chiqish pasportining elektron ko‘rinishi yangilandi; -Pensiya (nafaqa) guvohnomasi ham qo‘shildi; -Profil bo‘limi qulay va tushunarli qilib yangilandi. -“Vidjetlar” bo‘limini yangiladik – hammasi tartibli va qulay bo‘ldi; -Soha sahifalari interfeysi yangilandi – oddiy va tushunarli! -Sohalar orasida o‘tish uchun maxsus scroll qo‘shdik – tezkorlikning yangi bosqichi! -To‘lovlar endi yanada ko‘rkam va qulay